Iqtisodchi Sergey Guriyevning ta’kidlashicha, senzura sharoitida o‘tkazilgan ijtimoiy fikr so‘rovnomalari asosidagi xulosa chalg‘ituvchi bo‘ladi. U bunga misol sifatida sovet davrini ko‘rsatadi: o‘sha vaqtda hamma og‘izda kompartiyani qo‘llagan, lekin ittifoq parchalaganida uning himoyasi uchun hech kim ko‘chaga chiqmagan.
Sergey Guriyev iqtisodchi Behzod Hoshimovga bergan intervyusida diktatorlarning zamonaviy turi — manipulyativ diktatorlar bilan G‘arb qanday muomala qilishi kerakligini tushuntirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, “ko‘plab yetakchilar demokratiyani manipulyativ diktaturaga aylantirishni istaydi”.
Rossiyalik iqtisodchi Sergey Guriyev o‘zining “Manipulyativ diktatorlar” kitobi haqida o‘zbekistonlik hamkasbi Behzod Hoshimovga intervyu berdi. Suhbatda, jumladan, yangi zamon diktatorlarining sahnaga chiqishi, avvalgi diktatorlardan farqi hamda ular G‘arbga, G‘arb ularga intilishining sabablari ko‘rib chiqildi.
Iqtisodchi Sergey Guriyevning qayd etishicha, Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan savdo yo‘llari yopilishi Markaziy Osiyo iqtisodiy o‘sishi uchun jiddiy tahdidga aylanishi mumkin. U harbiy texnika ishlab chiqarish hisobiga erishilgan YAIM o‘sishi hayot sifatini yaxshilamasligini ham qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting